“MEROSDAN CHETLATISh MUMKINMI?”

“MEROSDAN CHETLATISh MUMKINMI?”

— Marhum otamdan qolgan xonadonda tug‘ilgan vaqtimdan boshlab yashab kelaman. Akam bundan 15 yil muqaddam turmush qurib oilasi bilan Rossiyaga ketgan. Akam uydan ketgan vaqtdan boshlab, uyga qaytib kelmagan va otamdan xabar olmagan. Hattoki, dafn marosimiga ham kelmagan. Endilikda akam kelib, uy-joyda haqqi borligini aytib meros talab qilyapti. Ushbu vaziyatda qanday qilib akamni noloyiq merosxo‘r deb topish va merosdan chetlatish mumkin?
O.K., Samarqand viloyati

“SHAXSNI NOLOYIQ MEROSXO‘R DEB TOPISHGA ASOS BO‘LMAYDI”
Abbos Saydaxmedov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi:
— Meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxo‘rlardan birortasini qasddan o‘ldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan shaxslar vasiyat bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Vasiyat qiluvchi o‘z hayotiga suiqasd qilinganidan keyin vasiyatnoma bergan shaxslar bundan mustasno.
Meros qoldiruvchi o‘zining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirishiga qasddan to‘sqinlik qilgan va shu orqali o‘zlarining yoki o‘zlariga yaqin shaxslarning vorislikka chaqirilishiga yoxud merosning o‘zlariga yoki o‘zlariga yaqin shaxslarga tegishli ulushi ko‘paytirilishiga imkon yaratgan shaxslar vasiyatnoma bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar.
Yuqorida qayd etilgan holatlar noloyiq merosxo‘rlarni merosdan chetlatishning qat’iy asoslarini belgilagan bo‘lib, siz ma’lum qilgan holatlar ya’ni, ota haqida qayg‘urmaslik va uning dafn marosimida ishtirok etmaslik shaxsni noloyiq merosxo‘r deb topishga asos bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!