"Men ham oddiy odamman": Yangi Zelandiya bosh vaziri "omikron" tufayli to‘yini bekor qildi

"Men ham oddiy odamman": Yangi Zelandiya bosh vaziri "omikron" tufayli to‘yini bekor qildi

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida o‘zining to‘yi bekor qilinganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

"Omikron" tarqalishi munosabati bilan Yangi Zelandiya dushanbadan "qizil" darajaga o‘tmoqda: niqob rejimiga rioya qilish kuchayadi.

Barlar va restoranlar kabi yopiq joylar, shuningdek, tug‘ilgan kunlar va to‘ylar kabi tadbirlar bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 100 kishi bilan cheklanadi va COVID-19 emlash sertifikati bo‘lmasa, chegara faqat 25 kishi bo‘ladi.

«Menga kelsak, to‘yim bo‘lmaydi», dedi u va boshqalardan farqi yo‘qligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!