"Men armiyaga G‘azoda ko‘proq hududni egallashni buyurdim"

Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kasning aytishicha, agar Xamas garovga olinganlarni ozod qilmasa, Isroil G‘azo sektoridagi qo‘shimcha hududlarni anneksiya qilishi mumkin.
💬 “Men armiyaga G‘azoda ko‘proq hududni egallashni buyurdim. XAMAS garovga olinganlarni ozod qilishdan qanchalik uzoq bosh tortsa, shunchalik ko‘p hududni yo‘qotadi – va bu yer Isroil tomonidan anneksiya qilinadi”, — deyiladi uning bayonotida.
Katz, shuningdek, bufer zonalarini kengaytirish va Isroil tinch aholisi va askarlarini himoya qilish uchun G‘azoni doimiy ravishda egallash bilan tahdid qildi.
G‘azoga yangilangan havo hujumlari seshanba kuni boshlanganidan buyon 504 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi G‘azo fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi. Bu 2023-yil oktyabr oyida mojaro boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.
Isroil kuchlari G‘azo janubidagi Shabura hududini ham qo‘shish uchun quruqlikdagi amaliyotini kengaytirmoqda va shuningdek, shimoldan janubga asosiy yo‘lni yopib qo‘ydi.
Isroil prezidenti Isaak Gertsog jangovar harakatlar qayta boshlanganidan xavotir bildirdi: “Agar garovga olinganlarni qaytarish kabi muqaddas missiya hali bajarilmagan bo‘lsa, harbiy amaliyotlarni davom ettirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi”.
Shu fonda Quddusda hukumat harakatlariga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilar Benyamin Netanyaxuni hujumni davom ettirish uchun garovga olinganlarning xavfsizligini e’tiborsiz qoldirganlikda ayblamoqda.
Oktyabr oyida XAMAS tomonidan asirga olingan 251 kishidan 58 nafari asirlikda qolmoqda, armiya ma’lumotlariga ko‘ra, 34 nafari o‘lgan.
Isroil sulhning ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokara qilishdan bosh tortdi va kengaytirilgan birinchi bosqich doirasida barcha garovga olinganlarni qaytarishni talab qildi, Xamas buni avvalgi kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga urinish sifatida ko‘rdi.
Katsning qo‘shimcha qilishicha, Isroil Xamasga nafaqat harbiy, balki fuqarolik bosimini ham qo‘llaydi, jumladan, Donald Tramp ma’muriyati tomonidan taklif qilingan falastinliklarni arab mamlakatlariga joylashtirish va G‘azoni O‘rta yer dengizi kurortiga aylantirish g‘oyasi.
Oq uy Isroilning harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi. Matbuot kotibi Kerolin Levittning aytishicha, prezident Tramp Isroilning G‘azodagi amaliyotlarini qayta boshlashini "to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi".
Bunga javoban XAMAS Tel-Avivga raketa zarbalari berdi - biri tutib olindi, ikkitasi aholi punktlariga tushib ketdi. Bu guruhning tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotganiga birinchi harbiy javobidir.