Meksikada jasadlari qopga solingan 45 ta murda topildi

Meksikada jasadlari qopga solingan 45 ta murda topildi

Meksika g‘arbidagi Gvadalaxara shahri chetidagi jarlikda qidiruv olib borayotgan rasmiylar inson jasadlari qoldiqlari solingan 45 ta qopni topishdi. Ular o‘tgan hafta bedarak yo‘qolgan yetti fuqaroni qidirayotgan bo‘lgan.

Qoplarda erkaklarning ham, ayollarning jasadlari qoldiqlari bo‘lgan, ular nechta insonga tegishli ekani hozircha aniq emas. Rasmiylar qidiruv hali yana bir necha kun davom etishini ma’lum qilishgan.

Hozirda jami jasadlar soni, ular kimlar va o‘limiga nima sabab bo‘lgani kabi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda. Shuningdek, g‘oyib bo‘lgan yetti insonning qayerdaligini izlash ham davom ettiriladi.

Jasadlar qanday qilib jarlikka tashlab ketilgani noaniq bo‘lsa-da, Meksikada insonlarning g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘p uchraydi. Hukumat rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakatda 100 000 dan ortiq odam g‘oyib bo‘lgan, ularning aksari uyushgan jinoiy guruhlarning qurbonlari bo‘lishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!