Meksikada bir kun ichida 3 amaldor o‘ldirib ketildi

Meksikada bir kun ichida 3 amaldor o‘ldirib ketildi

20 iyulda Meksikaning Michoakan shtati Buenavista shahri meri Eliseo Delgado o‘ldirib ketildi. Excelsior nashrining ma’lum qilishicha, Delgado shahar ma’muriyati binosiga kiraverishda noma’lum kimsalar tomonidan otib ketilgan. 

Delgado Meksikada 20 iyul kuni o‘ldirib ketilgan 3-amaldor bo‘ldi. Avvalroq shu kuni Tlakepake shahri (Xalisko shtati) maslahatchisi va San-Migel-Chimalapas posyolkasi (Oaxaka shtati) jamoat mulki komissari otib ketilgandi.

Oxirgi yillar Meksikada AQShga kokain tranziti ustidan nazoratni qo‘lga olish bo‘yicha narkokartellar o‘rtasida zo‘ravonlik avj olgan. Meksikada yaqinda o‘tgan saylovoldi kampaniyasi vaqtining o‘zida 520 dan ko‘proq siyosatchi va davlat xizmatchisi o‘ldirilgan. Yaqinda saylangan prezident Andres Manuel Lopes Obrador jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘nalishini kuch qo‘llashdan ijtimoiyga o‘zgartirmoqchiligini ma’lum qilgan. U shu tariqa zo‘ravonlikni keltirib chiqaruvchi muammolarni hal qilmoqchi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!