Meksikada AQSh bilan chegara yaqinidagi migrantlar markazida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ko‘plab odamlar vafot etdi

Meksikada AQSh bilan chegara yaqinidagi migrantlar markazida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ko‘plab odamlar vafot etdi

Meksikada AQSh bilan chegara yaqinidagi migrantlar markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Kamida 39 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilmoqda.

Yong‘in dushanba kuni Meksikaning Syudad-Xuares shahrini El-Paso (Texas) bilan bog‘lovchi Stenton xalqaro ko‘prigi yonida joylashgan Milliy Migrasiya institutida sodir bo‘lgan.

Institut markazda Markaziy va Janubiy Amerikadan 68 nafar voyaga yetgan erkak borligini, ulardan 29 nafari yong‘inda jarohatlangan va hududdagi to‘rtta kasalxonaga yetkazilganini ma’lum qildi.

Guvohlardan biri Reuters agentligiga jasadlarni ko‘rganini va yong‘in allaqachon o‘chirilganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muassasada bo‘lgan ko‘plab muhojirlar Venesuela fuqarolari bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qurbonlarning jasadlari binodan chiqarilgan. Taxminlarga ko‘ra, ularning aksariyati bir kun avval shaharda qo‘lga olinib, yopiq xonalarda saqlanayotgan muhojirlar bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!