Mehnat muhojirlari Saudiyadan ketib qolyapti

Mehnat muhojirlari Saudiyadan ketib qolyapti

Rasmiy statistikaga ko‘ra, uch oy ichida 250 mingdan ortiq xorijlik mehnat muhojirlari Saudiya Arabistonini tark etgan. Bunga esa koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. 

The New Arab nashrining xabar berishicha, o‘tgan yilning ikkinchi choragida Saudiya Arabistonida 10 459 032 nafar xorijlik mehnat muhojiri bor edi. Keyingi chorakda ularning soni 10 201 862 nafarga tushgan. 

Koronavirus pandemiyasi davrida saudiyalik tadbirkorlarning 2,4 foizi daromad yo‘qligi tufayli korxonalarini yopishga majbur bo‘lgan.

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni 366 mingdan, ushbu infeksiya tufayli vafot etganlar soni esa 6 300 nafardan oshdi. Mamlakatda koronavirusga qarshi uch bosqichli emlash dasturi boshlangan. Avvaliga infeksiya yuqish ehtimoli yuqori bo‘lganlar, 65 yoshdan kattalar va surunkali kasallikka chalinganlar emlanadi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!