Mehnat migrantlarini OIVga tekshirish ishlarini kuchaytirish kerak — Egamberdiyev

Mehnat migrantlarini OIVga tekshirish ishlarini kuchaytirish kerak — Egamberdiyev

O‘zbekistonda mehnat migrantlarini odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV)ga tekshirish ishlari kuchaytiriladi. Bu haqida Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori Bahromjon Egamberdiyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

“Ko‘p holatlarda migrantlar, agar menda OIV aniqlansa, men bemalol davlatga kirib chiqishimga cheklovlar qo‘yiladi yoki qabul qiluvchi mamlakatda qonuniy ishga joylashish muammosi bo‘lishi mumkin deb o‘ylashadi. Aslini olganda, hech bir davlatda OIV aniqlangan bemorlarga hech qanday cheklovlar yo‘q. Shuning uchun bemalol tekshiruvlardan o‘tib, ularni davolanishga chaqiramiz”, — deydi Egamberdiyev.

O‘z vaqtida davolangan, ruhan va jismonan tetiklikni ta’minlagan bemorlar uzoq yillar davomida sog‘lom inson bilan oila qurishi va sog‘lom farzand ko‘rishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!