Mbappe Vinisiusga: "Sen yolg‘iz emassan"

Mbappe Vinisiusga: "Sen yolg‘iz emassan"

Fransiya terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatida “Valensiya”ga qarshi o‘yinda irqchilikka uchragan “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi.

"Sen yolg‘iz emassan. Biz sen bilanmiz va seni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi Mbappening ijtimoiy tarmoqdagi postida.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar "Mestalya"da 0:1 hisobida minimal mag‘lubiyatga uchragan edi. Jamoa La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Vinisius Junior 32 ta bahsda, 10 ta gol va 9ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!