Mbappe Jahon chempionati rekordini o‘rnatdi

Mbappe Jahon chempionati rekordini o‘rnatdi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

"PSJ" sharafini himoya qilayotgan futbolchi JCH-2022 1/8 finalida Polsha bilan o‘yinda (3:1) dubl qayd etdi.

Hozirda 23 yoshli Mbappe hisobiga jahon chempionatlarida 9 ta gol bor. 24 yoshga qadar hech kim undan tezroq gol urmagan. Avvalgi rekord braziliyalik Pelega tegishli edi - 24 yoshga to‘lgunga qadar 7 ta gol.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, shu kungacha jahon chempionatida 8 ta gol urgan eng yosh futbolchi portugaliyalik Eysebio (24 yoshu 182 kun) edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!