Mayk Tayson chindan ham Tashkent Citydan uy sotib oldi

Mayk Tayson chindan ham Tashkent Citydan uy sotib oldi

Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan Gardens Residence turar joy majmuasidan o‘ziga uy sotib oldi. Bu haqda bino developer kompaniyasi xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutlaq vazn toifasining sobiq chempioni 2020 yil boshiga qadar qurib bitkazilishi kutilayotgan apartamentdan xarid qilgan. Mazkur uy premium klassdagi hashamatga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Toshkentda “Taysonga qo‘shni bo‘lishni istaysizmi?“ yozuvi tushirilgan reklamalar paydo bo‘lgan. Kompaniya vakili bu shunchaki aytilgan gap emas, haqiqatan ham Tayson Toshkentdan uy sotib olganini bildirgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!