Maxsus reys orqali poyezdda Samaradan mingga yaqin yurtdoshlarimiz olib kelindi

Maxsus reys orqali poyezdda Samaradan mingga yaqin yurtdoshlarimiz olib kelindi

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.  

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 31 avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 922 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.  

Mazkur poyezd 2 sentyabr kuni Samarqand shahriga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi  karantin zonalariga yetkazildi.    


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!