Matteus – Messi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgani haqida: "Men bu dunyoni tushunmayapman"

Matteus – Messi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgani haqida: "Men bu dunyoni tushunmayapman"

Afsonaviy nemis futbolchisi Lotar Matteus 2021 yilgi “Oltin to‘p” g‘olibiga ovoz berish natijalaridan hafsalasi pir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sovrin "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini 33 ochkoga ortda qoldirgan "PSJ" hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi.

"Men Levandovskining nega sovrinni qo‘lga kiritmaganini tushuna olmayapman. Messi va boshqa nomzodlarni hurmat qilaman, ammo "Oltin to‘p"ga Robertdan ko‘ra hech kim loyiq emas edi. Ikki yil emas, faqat 2021 yilni hisobga olsak ham. Levandovski hamon eng zo‘r edi. U Gerd Myullerning rekordini yangiladi, barcha turnirlarda eng yaxshi to‘purarga aylandi.To‘g‘risini aytsam, shunday tanlovdan keyin men bu dunyoni tushunmay qoldim.

Messi Amerika kubogini qo‘lga kiritdi, ammo "PSJ"da u butunlay so‘nib ketdi. Benzema ajoyib yilni o‘tkazdi, lekin "Real" bilan hech narsa yutmadi. So‘nggi bir necha oyda Saloh ajoyib o‘ynadi, ammo yil boshida u gollarsiz uzoq vaqt o‘tkazdi. Jorjinyo, albatta, "Chelsi" va Italiya bilan ikkita juda muhim chempionlikni qo‘lga kiritdi, ammo u Levandovski kabi mashhur emas edi. Ronaldu esa barqaror va yorqin o‘ynamadi", - dedi Matteus.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!