Matbuot xizmatlarida "ommaviy bo‘shash" boshlandi. AOKA nima deydi?

Matbuot xizmatlarida "ommaviy bo‘shash" boshlandi. AOKA nima deydi?

Shu kunlarda turli tashkilotlar va vazirliklarda rahbarning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi - matbuot xizmati rahbarlarining ishdan ketishi kuzatilmoqda.

Jahon.uzning yozishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Bunyod Abdullayev, Madaniyat vazirligidan Murodilla Alimbayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining matbuot kotibi Rahimjon Mahkamov lavozimlaridan ozod etilgan.

Ularning ishdan ketishi sababi rahbariyat almashinuvi va "yangi jamoa"ning kelishi bilan izohlanadi.

Shu o‘rinda matbuot xizmatlari bilan bevosita ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligiga savol tug‘iladi: rahbar almashsa, jurnalistlarning ham ishsiz qolishi yoki ishdan ketishi qachongacha davom etadi?

"Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim matbuot kotiblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligidagi attestasiyadan o‘ta olmaganlar (lekin ularning ro‘yxati e’lon qilinmaydi)", deyiladi manbada.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimining matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev shahar hokimiga o‘rinbosar etib tayinlangan edi va bu lavozim hozircha bo‘sh.

O‘zgarishlarni kuzatamiz. Tashkilotlar matbuot kotiblarini lavozimga tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan maslahatlashadi-yu, ishdan olishda "o‘ziga xon, ko‘lankasi maydonmi"?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!