«Mashinani sotishim uchun dadam arizani Rossiyadan qanday yuboradi?»

«Mashinani sotishim uchun dadam arizani Rossiyadan qanday yuboradi?»

— Avtomashina sotmoqchiman. Xaridorning nomiga rasmiylashtirishim kerak edi. Mashinam onamning nomida. Dadam Rossiyada ishlaydi.

— Oila kodeksining  24-moddasiga binoan, nikoh davrida sotib olingan mulkka dadangizning egalik huquqi bor. Shuning uchun, dadangizdan notarial tartibda tasdiqlangan ariza olishingiz kerak. (Boshqa mamlakatda bo‘lsa ariza tegishli tartibda apostillangan bo‘lishi kerak). Keyin xohlagan notarial idoraga borib oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

 Arizanig o‘zini yuboradimi yoki  onlayn yuborsa ham bo‘ladimi?

— Dadangiz chet davlatda bo‘lsa, o‘sha  davlatdagi O‘zbekiston Respublikasi  Konsuli tomonidan tasdiqlangan ariza yoki notarius tomonidan tasdiqlanib, apostil qo‘yilgan, mulk sotilishiga rozilik arizasining asl nusxasini  yuboradi. Agarda MDH  davlatlarida bo‘lsa,  notarial tasdiqlangan ariza, apostil va legalizasiya talab etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!