Mashina ostida qolgan bolakay mo‘’jiza sabab omon qoldi (video)

Mashina ostida qolgan bolakay mo‘’jiza sabab omon qoldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda mashina bir bolakayning ustidan o‘tib ketgani videosi tarqaldi. Gap shundaki, bolalar koptok o‘ynayotgan joyda harakatsiz turgan mashinalar ham bo‘lgan. O‘rtoqlaridan ajralib yerda o‘tirgan bolakayni mashinasini harakatlantirgan haydovchi ko‘rmay uning ustidan avtomobilni harakatlantirib o‘tib ketgan.

Avvaliga mashina bolani biroz sudragan, keyin uning ustidan o‘tib ketgan. Ollohning mo‘jizasi bilan bolakay mashina balonlari ostida qolmagan va hech qanday jarohat olmagan. Hayratlanarlisi, bu hodisani atrofdagilarning hech biri sezmadi.

Bolakay ham mashina ostidan chiqib, o‘rtoqlari bilan koptok o‘ynash uchun yugurib ketdi. Bu holat haydovchilarni ham, ota-onalarini ham birdek ogohlikka chaqirsa ajab emas. Zero voqea boshqacha, ya’ni fojiali yakunlanishi ham mumkin edi.

Manba: zamin.uz

  •  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!