Mashhur Gollivud aktyori Falastin uchun jonli efirda duo qildi

Mashhur Gollivud aktyori Falastin uchun jonli efirda duo qildi

Amerikalik stend-up komediyachi va asli misrlik aktyor Rami Yusuf NBS telekanalidagi mashhur Saturday Night Live teleko‘rsatuvida «falastinliklarning azob-uqubatlariga chek qo‘yish» uchun duo qildi.

Yusufning so‘zlariga ko‘ra, oilasi G‘azo sektorida yashovchi do‘sti undan bu haqda so‘ragan.

«Iltimos, bu azob va zo‘ravonlikka chek qo‘ying. Iltimos, Falastin xalqini ozod qiling», dedi aktyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rami Yusuf 96-Oskar topshirish marosimi oldidan Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingida ishtirok etgan edi. «Biz G‘azoda zudlik bilan va barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiramiz. Biz Falastin xalqini tinchlik va adolatga chaqiramiz, bolalarni o‘ldirishni bas qiling», dedi Yusuf.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!