Mars orbitasidan jonli translyasiya amalga oshirildi

Mars orbitasidan jonli translyasiya amalga oshirildi

Evropa kosmik agentligi tomonidan Mars orbitasidan ilk bor translyasiya amalga oshirildi. Sayyora tasviri Mars Express zondi orqali uzatildi.

Mars Express har 50 soniyada sayyora tasvirlarini yuborib turdi. Signalni uzatish uchun 3 daqiqadan 22 daqiqagacha vaqt sarflandi.

Marsni agentlikning YouTubedagi rasmiy sahifasida kuzatish imkoniyati yaratildi.

Tadqiqotchilar translyasiyani bir necha oy davomida tayyorlashgan. Hozirda kamera Mars yuzasidan 17,5 ming kilometr balandlikda joylashgan.

Mars Express sayyoralararo stansiyasi 2003 yil 2 iyunda ishga tushirilgan. Dastlab, bu Beagle 2 qo‘nish moduli bo‘linmasini kuzatish uchun texnik kamera sifatida ishlatilgan. Bir necha yil o‘tgach, u Mars veb-kamerasiga aylantirildi, deb xabar beradi korrespondent.net.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!