Markaziy bank: Yangi banknotalar chiqadi, ammo...

Markaziy bank: Yangi banknotalar chiqadi, ammo...

O‘zbekiston Markaziy bankidan Kun.uz ga ma’lum qilishlaricha, milliy valyutaning denominasiyasi (pul qiymatini o‘zgartirish) yuz bermaydi. Avvalroq qator OAVda prezident Shavkat Mirziyoyev 100 000 so‘mlik yangi kupyurani valyutaning keyinchalik denominasiyasi bilan chop etish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Matbuot xizmatidan tasdiqlashlaricha, Markaziy bank yangi kupyurani muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq uning nominal qiymati hali o‘rnatilmagan.

Ha, yangi banknotni chiqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Biroq, u qachon va qanday nominal qiymatda chiqarilishi hali ma’lum emas , - dedi suhbatdosh.

Shu bilan birga, so‘mning denominasiyasi haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi.

O‘zbekiston Markaziy banki oxirgi marta 2017 yil avgustida yangi banknotni muomalaga chiqardi. O‘shanda bu 50 000 so‘mlik kupyura edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!