Markaziy bank endi xorijiy valyutalar kursini har kuni e’lon qiladi

Markaziy bank endi xorijiy valyutalar kursini har kuni e’lon qiladi

Valyuta birjalari har kuni soat 10.00dan 15.00gacha doimiy ravishda onlayn platformada ishlashi kutilmoqda. Markaziy bank xorijiy valyuta kurslarining so‘mga nisbatan qiymatini, birjadagi o‘rtacha narxdan kelib chiqqan holda, har kuni yangilab boradi.

Joriy yil 6 yanvar kuni o‘tkazilgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev xorijiy valyuta kurslarining almashinuv qiymati bo‘yicha ma’lumotlar bosh regulyator tomonidan har kuni e’lon qilinishini aytdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Joriy yilning fevral oyidan boshlab valyuta birjalari har kuni soat 10.00dan 15.00gacha doimiy ishlaydi. Birja ish kuni yakunlangandan, keyin Markaziy bank birjadagi o‘rtacha narxlardan kelib chiqqan holda, har kuni valyuta kurslarini yangilab boradi», – degan u.

Hamroyevning ta’kidlashicha, Markaziy bank tomonidan shu yil amalga oshirilishi maqsad qilingan asosiy rejalardan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga qaramligini kamaytirish va inflyasiya darajasining 10 foizdan oshib ketmasligini ta’minlashdir. Shuningdek, tadbirkorlar tijorat banklaridan onlayn tarzda buyurtma berib to‘g‘ridan to‘g‘ri valyuta xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!