Mario Dragi: “Ukrainaning 4 ta viloyatidagi “referendum” natijalari tan olinmaydi!”

Mario Dragi: “Ukrainaning 4 ta viloyatidagi “referendum” natijalari tan olinmaydi!”

Italiya bosh vaziri Mario Dragi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rim Donesk va Lugansk xalq respublikalarida, shuningdek, Ukrainaning Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan “referendumlar” natijalarini tan olmasligiga ishontirdi. Bu haqda Italiya bosh vaziri bayonot berdi.

Dragi telefon orqali muloqot chog‘ida Zelenskiyga Italiya pozisiyasini bildirdi.

Jabhadagi so‘nggi voqealar, shuningdek, Donbassda hamda Ukrainaning Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan Xerson va Zaporoje viloyatlari hududlarida noqonuniy referendumlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Bosh vazir Dragi Italiya ushbu referendumlar natijalarini tan olmasligiga ishontirdi va Italiya hukumati Ukraina xalqi va hokimiyatini barcha sohalarda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi.

Zelenskiy avvalroq Italiyada 25 sentyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongan va bosh vazir lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan Jorjiya Meloniga tabrik maktubi yo‘llagan edi.

“Biz Italiyaning Rossiya agressiyasiga qarshi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz, shuningdek, Italiyaning yangi hukumati bilan samarali hamkorlik qilishiga ishonamiz”, — deb yozdi Zelenskiy tvitterda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!