Maradonaning menejeri: “U yashashni istamasdi!”

Maradonaning menejeri: “U yashashni istamasdi!”

Avvalroq futbol afsonasi Diyego Maradona 60 yoshida vafot etgani haqida yozgan edik.

Sobiq futbolchining menejeri Stefano Chechi uning o‘limi haqida fikr bildirdi.

Stefanoning aytishicha, Diyego baxtli yashamagan. Menejer sobiq futbolchining hayoti yengil kechmaganini tak’idladi.

“U 17 yoshidayoq o‘ziga o‘xshamasdi. Unga yaqinlashish juda qiyin edi. U bilan bog‘liq yaxshi xotiralar qoldi. Biz 20 yil birga ishladik. So‘nggi yillarda u kurashishni to‘xtatdi. U yashashni istamasdi, u hamma narsadan charchadi va ketishga qaror qildi. Endi u hammadan ko‘ra yaxshi ko‘rgan ota-onasi bilan birga bo‘ladi. Endi Diyego tinchlandi”, – deydi Stefano.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!