Maoshidan g‘azablangan erkak rahbariga granata otib portlatdi

Maoshidan g‘azablangan erkak rahbariga granata otib portlatdi

Moskvada maoshidan norozi bo‘lgan chilangar-mexanik rahbariga granata tashladi. Bu haqda 13 fevral payshanba kuni REN TV xabar bermoqda.

REN TV ko‘ra, voqea 12 fevral kuni poytaxtning sharqida yuz bergan. Mast bo‘lgan davlat byudjet muassasasining xodimi, hudud rahbariga kelib, maoshidan noroziligini bildirgan.

Rahbar chilangardan ko‘chaga chiqishni so‘ragan, u esa granata chekasini yulib, rahbari tomonga tashlash bilan javob bergan. Granata portlab, uchastka boshlig‘i granata parchalari bilan oyog‘idan jarohat oldi.

Hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari o‘tkazilib, barcha holatlari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan ilgari Yekaterinburgda sud tish shifokorini 10,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Shifokor jazmanini qo‘lbola bomba bilan portlatishga uringan, ammo tasodifan boshqa bir ayol jarohat olgan. U ko‘chada qoldirilgan portlash moslamasini axlat qutisiga tashlamoqchi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!