Ma’muriy sudlarning faoliyati yanada kengaytirilmoqda

A A A
Ma’muriy sudlarning faoliyati yanada kengaytirilmoqda

Mamlakatimizda sud tizimini demokratlashtirish va mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar va tadbirkorlarning sud idoralariga nisbatan ishonchi oshishiga, sud qarorlarining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 2023 yilning 26 aprelida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun bilan davlat organlarining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlar rolini kuchaytirishga qaratilgan bir qator normalar kiritildi. Jumladan, ma’muriy sud ishlarini yuritishda yangi prinsip – “Sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida ish yuritish joriy etildi. Bunda ma’muriy sudlarga ishning haqiqiy holatini aniqlash uchun o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha dalillarni yig‘ish, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga esa ishning haqiqiy holatini tekshirishda va dalillarni to‘plashda sudga ko‘maklashish shartligi belgilab berildi.

Ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan qonun bilan yana bir muhim o‘zgartish – sud tizimiga “yagona darcha” tamoyili joriy etildi. Bundan buyon ish fuqarolik, iqtisodiy yoxud ma’muriy sudga taalluqli bo‘lishidan qat’iy nazar, arizalar “yagona darcha” asosida qabul qilinadi. Xususan, ma’muriy sud faoliyati yuzasidan tushuntirish berilsa, endilikda ma’muriy sudga murojaat qilgan murojaatchining arizasi (shikoyati) mazkur sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish tartibi bekor qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda, ma’muriy sudga taqdim etilganligi aniqlansa, 5 kun ichida “ariza (shikoyat) taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish to‘g‘risida” ajrim chiqarib, ish materiallarini tegishli sudga yuborishi belgilandi.

Qonunda taraflar o‘rtasida nizoga barham berish maqsadida kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risida yangi norma belgilandi.

Endilikda taraflarga ularning ixtiyoriy roziligi asosida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha yarashuvga erishish mexanizmi, kelishuv bitimini tuzish huquqi berildi. Kelishuv bitimining asosiy vazifasi muayyan ma’muriy ishlar bo‘yicha taraflarning pozisiyasini yaqinlashtirish, nizoni hal etish shartlarini tartibga solish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlab, o‘z manfaatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘zaro muzokaralar orqali yarashuv natijalariga erishishda imkoniyat berishdan iborat. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida” gi kodeksga kelishuv bitimini tuzishning prosessual tartibini belgilovchi yangi, ya’ni 151-bob kiritildi. Unga ko‘ra, taraflar ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida, shu jumladan, sud hujjatini ijro etish jarayonida ham nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda hal etishlari mumkin. Bunda taraflarning kelishuvi faqat javobgarda ma’muriy ixtiyoriylik (diskresion vakolat), ya’ni ma’muriy organning qonunchilik doirasida yo‘l qo‘yilgan choralardan birining qonuniyligiga va maqsadga muvofiqligiga o‘zi baho berishi asosida o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘llash yoki tegishli chorani qo‘llashdan voz kechish huquqi mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi. Sudlar tomonidan kelishuv bitimini vakil orqali tuzishga, xususan, ishonchnomada kelishuv bitimi tuzish vakolati nazarda tutilgan taqdirda ham, Kodeksning 62-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, vakillar tomonidan kelishuv bitimi tuzilishiga hamda bunday kelishuv bitimlari sudlar tomonidan tasdiqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu jumladan, fuqaroning, yuridik shaxsning hamda jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab, ariza taqdim etgan prokuror kelishuv bitimi tuzish vakolatiga ega emas. Kelishuv bitimi sud majlisida taraflar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Bunday hollarda sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ijro etilmagan taqdirda, tegishli mansabdor shaxslarga Kodeksning 122-moddasida belgilangan tartibda jarima solinadi. Bu bilan sud hujjatlari mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vaqtida va og‘ishmasdan bajarilishiga erishiladi.

Ushbu qonunga muvofiq, Ma’muriy sudlarning birinchi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bir qatorda, ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishdan iborat. Bu vazifani bajarishda sud hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishi muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan ma’muriy sudlarga taalluqli ishlar toifasi kengaytirildi. Bu bilan esa fuqarolar va tadbirkorlarga yengillik yaratildi.

Mazkur qonunga muvofiq, ma’muriy sudlarning sudloviga yangi toifada hal etiladigan bir qator quyidagi ishlar kiritildi:

– iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi chiqargan qaror ustidan nizolashishga oid ishlar;

– ma’muriy organlar tomonidan undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan berilgan ariza va shikoyatlar (qarzdorlik undiruvi so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati deganda, ma’muriy organlar, jumladan, soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 90-moddasi, bojxona organlari tomonidan Bojxona kodeksining 351-moddasida nazarda tutilgan tartibda qo‘yiladigan inkasso topshiriqnomalari tushuniladi);

– arizachining ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bilan birga, ma’muriy organdan yoki mansabdor shaxsdan o‘ziga yetkazilgan zararni undirish haqidagi talabni ko‘rib chiqish.

Bunday hollarda, zarar miqdorini isbotlash majburiyati arizachining zimmasiga yuklatiladi. Arizachi zararni qoplash bilan bog‘liq ariza (shikoyat) ni sudga taqdim etishda “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 2-ilovasiga muvofiq, talab summasining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda davlat boji to‘lashi hamda arizada ma’muriy organdan undirilishi so‘ralgan zarar summasini ko‘rsatishi kerak. Arizada (shikoyatda) qoplanishi so‘ralayotgan zararning miqdori ko‘rsatilmagan taqdirda, BHMning kamida 1 baravari miqdorida davlat boji to‘langan bo‘lsa, ariza (shikoyat) qaytarilmay, sudning ish yurituviga qabul qilinishi hamda ishni ko‘rish jarayonida arizachi zarar miqdoriga aniqlik kiritish choralarini ko‘rishi belgilandi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, har qanday holatda ham, ma’naviy zararni qoplash haqidagi talab fuqarolik sudi sudloviga taalluqli bo‘lib, Fuqarolik kodeksining 1021-1022-moddalari talabi asosida hal qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, sud tizimini isloh qilish maqsadida qabul qilinayotgan har qanday yangi qonun hujjati fuqarolar va tadbirkorlarning nafaqat odil sudlovga erishish kafolati sifatida, balki sud qarorlari so‘zsiz ijro etilishi va sud faoliyatining xalqaro talablar doirasida takomillashtirilishiga xizmat qilayotgani amalda namoyon bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.