Mamlakatimizning yirik shaharlarida jamoat transportiga e’tibor yetarlimi?

Mamlakatimizning yirik shaharlarida jamoat transportiga e’tibor yetarlimi?

Bugungi kunda Poytaxtimizda jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib shu ka’bi holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida ham kuzatilyaptimi degan savol tug‘iladi.

To‘g‘ri, rivojlanishimizning hozirgi bosqichini va aholi sonini inobatga olgan holda asosiy e’tibor poytaxtimiz infratuzilmasiga qaratilgan bo‘lsada ammo yirik shaharlarimizning jamoat transporti tizimi ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q.

Bugungi kunda Nukus shahri va viloyatlar markazlarida transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejalarini ishlab chiqish ishlari barcha hududlarda boshlangan.

Shu maqsadda, 5 ta oliy ta’lim muassasalari (Transport universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Namangan iqtisodiyot va qurilish instituti, Jizzax va Farg‘ona politexnika institutlari) bilan jami 18,4 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzildi.

Hududiy transport boshqarmalarida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatlari tashkil qilindi va ularni jihozlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tashuvchilar bilan brutto-shartnomalar asosida hisob-kitoblar uchun jamg‘arma xisob raqamlari ochildi.

Hozirda, xususiy tashuvchilar tomonidan Qarshi shahriga jami 30 ta gazda harakatlanadigan zamonaviy avtobuslar olib kelindi, shuningdek 2024 yil 1-chorak yakuniga qadar qo‘shimcha ravishda 70 ta avtobuslar xarid qilinib, yo‘nalishlarga qo‘yiladi.

Bundan tashqari Urganch 100 ta, Buxoro 20 ta, Namangan shaharlari uchun 140 ta Xitoy ishlab chiqaruvchisidan 24,1 mln dollarlik avtobuslar xaridi bo‘yicha shartnomalar yuzasidan kredit mablag‘larini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Aholi punktlarining jamoat transporti bilan ta’minlash maqsadida, Respublika bo‘yicha jami 8354 ta MFYlarni 7437 tasini (90 foiz) jamoat transport bilan qamrab olingan.

Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 101 ta M1-toifali (damas) yo‘nalishlarni 38 ta M2-toifali (mikravtobus) yo‘nalishlarga o‘zgartirildi.

Respublika bo‘yicha joriy yilning yanvar-sentyabr oylarda jami 166 ta elektron ochiq tenderlar o‘tkazildi. Ushbu tenderlarda jami 1847 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar joylashtirildi. Shundan 314 ta shahar ichida, 1345 ta shahar atrofi, 127 ta viloyat hududi shaharlararo va 61 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!