"Malibu 2" va "Toyota land cruiser" avtomashinalari auksionga qo‘yilmoqda

"Malibu 2" va "Toyota land cruiser" avtomashinalari auksionga qo‘yilmoqda

Odatda fuqarolar tomonidan kredit to‘lovlari kredit shartnomalarida belgilangan miqdorda va muddatlarda kredit tashkilotlariga to‘lab boriladi.

Shuningdek, ayrim fuqarolar tomonidan kredit to‘lovlarini kechiktirish yoki to‘lashni “unutish” holatlari ham kuzatiladi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2022 yil 26 oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor X.M.dan undiruvchi tijorat banki foydasiga 217 million 276 ming 469 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli “Malibu 2" rusumli avtotransport vositasi xatlandi.

Xuddi shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor U.O.dan undiruvchi AITB “Ipak yo‘li bank” Yakkasaroy filiali foydasiga 333 million 587 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida, qarzdorga tegishli “Toyota land cruiser“ rusumli avtotransport vositasi xatlangan.

Endilikda, ushbu avtotransport vositalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!