Malayziyada 2 ta metro poyezdi to‘qnashdi, 200 dan ortiq qishi jarohatlandi

Malayziyada 2 ta metro poyezdi to‘qnashdi, 200 dan ortiq qishi jarohatlandi

24 may, dushanba kuni Malayziyada poytaxt Kuala-Lumpurdagi Petronas egizak minoralariga yaqin yer osti tunnelida ikkita metro poyezdi to‘qnashdi, 200 dan ortiq odam jarohat oldi deya xabar bermoqda Alghadeer TV.

Hodisa soat mahalliy vaqt bilan soat 20:45 atrofida sodir bo‘lgan. Rayon polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdlardan biri yo‘lovchilarni olib ketayotgan bo‘lgan. Ikkinchisi esa sinov rejimida harakatlanib, bo‘sh bo‘lgan.

«Ehtimol, poyezdlar harakatini boshqarish markazida tushunmovchilik sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin», — dedi rayon polisiyasi rahbari Mohamad Zaynal.

Hodisa natijasida 47 kishi og‘ir, 213 nafari yengil tan jarohati olgan.

Hukumat rahbari «nima bo‘lganligi sabablarini har tomonlama tekshirishni» talab qildi, xabar bermoqda TASS. Transport vaziri Vi Ka Sion «bu Malayziyada yengil temir yo‘l tizimining 23 yillik faoliyatidagi eng jiddiy voqea» ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!