Makkajo‘xori tufayli yoshi katta odamni so‘kkan Ravshan Komilovni prokuratura tekshiryapti

Makkajo‘xori tufayli yoshi katta odamni so‘kkan Ravshan Komilovni prokuratura tekshiryapti

Nevarali odamni nevaralari ko‘zi oldidan beayov haqoratlagan Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov ishini viloyat prokuraturasi tekshirishga tushgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, dalada ruxsatsiz makkajo‘xori terayotgan bobo va nevaralarini ushlab, haqorat qilgan holda o‘g‘rilikda ayblaganligi va "eksportga" katta zarar yetkazayotgani qayd etilgan videodagi noma’lum shaxs Mirishkor tumani hokimi ekani aniqlangan.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!