Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli to‘lab beriladi

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli to‘lab beriladi

2022 yil 7 mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat byudjetidan qoplab berilishi belgilangandi.

▪️Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan va o‘qiyotgan xotin-qizlarga bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari to‘liq to‘lab beriladi.

❗️Buning uchun talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15 sentyabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15 oktyabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi.

▪️Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

➖ Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
➖ Bosh prokuratura Akademiyasi;
➖ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
➖ Bank-moliya akademiyasi.

❗️Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!