Maduro Norvegiya hukumatiga minnatdorchilik bildirdi

Maduro Norvegiya hukumatiga minnatdorchilik bildirdi

Venesuela rahbari Tvitterda mamlakat muxolifati vakillari bilan yangi uchrashuvlar o‘tkazishga tayyorligi haqida ma’lum qildi. Venesuela davlati rahbari, shuningdek, Norvegiya hukumatiga muloqot minbarlarini taqdim qilishgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Men Norvegiya hukumatiga Venesuelada tinchlik va barqarorlikka doir muloqotni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik izhor etaman", dedi Maduro.

Shuningdek, Maduro Norvegiya poytaxtiga borib u yerda "keng ko‘lamli dasturni qabul qilish va kelishuvlarga erishish yo‘lida harakat qilish istagini bildirishga tayyor ekanligini ham qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!