Nyu-York sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisini 17 martga tayinladi.
Bu haqda Amerika OAVlari xabar bermoqda.
"Keyingi sud majlisi 17 mart kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi", — dedi raislik qiluvchi sudya.
"Taxminan 30 daqiqa davom etgan sud majlisidan so‘ng Maduro va uning rafiqasi sud zalini tark etishdi”, — deyiladi xabarda.
Sud jarayonida sudlanuvchi “harbiy odam o‘g‘irlashning qonuniyligi bilan bog‘liq muammolar”ni keltirdi. Maduro, shuningdek, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni sudyalar e’tiboriga havola etdi va hibsda bo‘lganida tegishli tibbiy yordam so‘radi.
Silia Floresning advokati Mark Donnelli uning sog‘lig‘ida ham muammolar borligini aytdi.
"Uning qovurg‘asida qattiq ko‘karishlar bor va unga tegishli parvarish kerak", dedi u hibsga olinishi va AQShga olib ketilishi paytida mijoziga nisbatan zo‘ravonlikni keltirib.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
Нашр маълумотларига кўра, Исроил Мудофаа кучлари (ЦАХАЛ) март ойида Ғазода ҳарбий операция ўтказиш режасини ишлаб чиққан, аммо уни фақат Қўшма Штатларнинг розилиги билан амалга ошириш мумкин.
АҚШ президенти Доналд Трамп жума куни мамлакатдаги энг йирик нефт компаниялари раҳбарларини Венесуэла нефт саноатига сармоя киритишга чақирди. Бу чақириқ Қўшма Штатлар томонидан Венесуэла президенти Николас Мадуронинг қўлга олинишидан бир ҳафта ўтиб янгради.