MADHIYa – MILLIY G‘URURIMIZ

MADHIYa – MILLIY G‘URURIMIZ

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning Davlat ramzlari halqimizning shon-sharafi, tarixiy hotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, fahr iftihor bag‘ishlaydi. Ular ma’naviyatning eng muhim timsollaridir. Shu bois, madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida halqimizning ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tarihimizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib hizmat qilmoqda. Madhiyada mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ullar tarannum etilgan.

Milliy madhiyamizning muazzam sadolari  Davlatimiz Rahbarining turli mamlakatlarga rasmiy tashriflari chog‘ida, O‘zbekistonga kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini kutib olish marosimlarida, yirik halqaro anjumanlar, sport musobaqalarida va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarida eng baland shoxsupaga ko‘tarilgan paytida baralla yangramoqda.

Mustaqil O‘zbekiston madhiyasining maqsad-mudaosi murg‘aq jondagi shaxsni uyg‘otish, yuksak ijtimoiy murod maqsadlar mezonlarga muvofiq ravishda kamol toptirishdan iboratdir.

Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turishi har birimiz, ayniqsa, yosh avlodning yodda tutishi maqsadga muvofiqdir.

Manba: fitrat. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!