Madaniyat festivallarida 8 milliard mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi

Madaniyat festivallarida 8 milliard mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura tomonidan madaniyat va turizm sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatib kelinmoqda.

Mazkur sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar bir qator qo‘pol qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganini ko‘rsatmoqda.

Bosh prokuratura tomonidan sobiq Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida o‘tkazilgan o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzib kelingani aniqlandi.

Xususan, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan yuqoridagi Qonun talablari buzilib, tender tanlovlari o‘tkazilmasdan, festival tadbirlarini o‘tkazish uchun turli firmalar bilan 20 mlrd. so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilgan.

Ushbu festivallar 2022 yilning may-sentyabr oylarida amalda o‘tkazib bo‘lingan bo‘lsada, qonun buzilishlarni yashirish maqsadida “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga 24 oktyabr va 3 noyabr kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini o‘tkazish haqida nomigagina e’lon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan.

O‘tkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 8 mlrd. so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingani aniqlandi.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!