Madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan Ishonch telefoni ishga tushirildi

Madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan Ishonch telefoni ishga tushirildi

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish maqsadida Ishonch telefoni ishga tushirildi.

Endi mamlakatimiz fuqarolari va yurtimiz mehmonlari biror-bir obidaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga bo‘layotgan xavfni sezgan holatda, +(71) 200 01 18 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Madaniy merosni asrash jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchi ekanligini yodga solgan holda, yurtdoshlarimizni merosimizga ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etishda bizga ko‘makdosh bo‘lishga chorlab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!