Lukashenkoga qarshi: AQSh Belarus xalqini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi

Lukashenkoga qarshi: AQSh Belarus xalqini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi norozilik bildirayotgan fuqarolari bilan birdamlikda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus ma’lum qildi.

Ortagus tvitterda belaruslar "shafqatsiz repressiya oldida ajoyib jasorat va kuch ko‘rsatdi" deb e’lon qildi. AQSh "ularning qonuniy intilishlarini qo‘llab-quvvatlashni" davom ettirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda norozilik namoyishlari uchinchi oydan beri davom etmoqda. Namoyishchilar prezident saylovlari natijalarini bekor qilishni va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan zo‘ravonlik holatlarini tergov qilishni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!