Loyihalash va injiniring markazi tashkil etiladi

Loyihalash va injiniring markazi tashkil etiladi

Yig‘ilishda elektrotexnika tarmog‘ida izlanish va rivojlantirish (R&D) bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Bunda, tarmoq mutasaddilari va korxonalari yil yakuniga qadar:

- “Elektroapparat” (muqobil energetika va kuchlanish uskunalari bo‘yicha izlanishlar), “Texnopark” (murakkab qoliplar), “Artel” (maishiy texnika yangi modellari), “Uzkabel” (yangi izolyasiya materiallari va kabel) negizida 4 ta R&D markazini tashkil etadi;

- ushbu markazlarga malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislar jalb qilinadi;

- markazlar uchun Innovasiya jamg‘armasidan 10 milliard so‘m grantlar ajratiladi.

Moliya vazirligiga R&D markazlarini qo‘llab-quvvatlash uchun uch yil muddatga:

- mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘lash;

- ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash bo‘yicha qonun loyihasini kiritish topshirildi.

Etakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilib, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzurida Loyihalash va injiniring markazini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!