Lotin Amerikasida koronavirusga chalinganlar 5 milliondan oshdi

Lotin Amerikasida koronavirusga chalinganlar 5 milliondan oshdi

Reuters statistikasiga ko‘ra, 3 avgust dushanba kuni Lotin Amerikasida koronavirusga chalingalanar soni 5 milliondan oshdi.

640 million nafar aholi yashaydigan Lotin Amerikasiga koronavirus boshqa qit’alarga qaraganda keyinroq kirib kelgandi. Lekin tibbiyot mutaxassislarining aytishicha, bu yerdagi shaharlarda odamlarning zich joylashgani va kambag‘alligi tufayli virus tarqalishini nazorat qilish qiyin kechdi.

Kolumbiyada 3 avgust kuni 10 mingdan ziyod yangi kasallanish hollari aniqlangan. And tog‘larida joylashgan bu mamlakatda yakshanba kuni kasallanganlarning kunlik rekordi yangilandi va 11 470 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yildi.

Bugungi kunga kelib Lotin Amerikasida koronavirus qurbonlari soni 200 mingdan oshib ketdi. Dushanba kungi holatga ko‘ra Braziliyada 96 mingga yaqin odam koronavirusdan vafot etgani qayd etilgan bo‘lsa, Meksikada o‘lim hollari 48 mingdan oshdi. Bu ikki mamlakat virus qurbonlarining soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Hozirda Shimoliy Amerika qit’asi 4.8 millionta kasallanganlar bilan dunyoda koronavirus tarqalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turibdi. Bu ro‘yxatda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda Yevropa va Osiyo turibdi. Bu ikki qit’aning har birida 3 millionga yaqin odam COVID-19 ni yuqtirib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!