Londonda Benksining yangi graffiti paydo bo‘ldi

Londonda Benksining yangi graffiti paydo bo‘ldi

Strit-art rassomi Benksi Instagramdagi sahifasida yangi graffiti suratini joylashtirdi.

Londonning Richmond shahridagi Kyu ko‘prigi yaqinidagi devordagi asarda tor cho‘qqida turgan tog‘ echkisi, qulab tushayotgan toshlar tasvirlangan.

12 soat ichida postga 650 mingdan ortiq layk bosildi, izohlarda esa graffiti ma’nosi haqida bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Ayrim foydalanuvchilar qoyadagi echki tasviri hozirda “jar yoqasida” bo‘lgan odamzot timsoli ekanligini aytishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!