London Afg‘onistondagi Save the Children NNTni moliyalashtirishni 7 barobarga qisqartirdi

London Afg‘onistondagi Save the Children NNTni moliyalashtirishni 7 barobarga qisqartirdi

Oldin va’da qilingan 7 million funt sterling o‘rniga Britaniya hukumati 1 million funtdan sal ko‘proq mablag‘ ajratdi, deydi nohukumat tashkilot The Guardian nashriga. Dekabr oyida boshlangan dastur 100 000 afg‘onni sog‘liqni saqlash va ta’lim bilan ta’minlashi kerak edi. Ammo endi uni butunlay yopishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi gumanitar dasturlarni moliyalashtirishni kamaytirmasliklariga, balki uni boshqa manbalardan, masalan, Afg‘onistonni tiklash trast fondi (ARTF) orqali yo‘naltirishlariga ishontirdi.

🔸Avvalroq BMT Jahon oziq-ovqat dasturida afg‘onlarga insonparvarlik yordami uchun ajratiladigan mablag‘ni qisqartirish bo‘yicha xavfli tendensiyalar haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!