Liz Trassning tarafdorlari juda ko‘p

Liz Trassning tarafdorlari juda ko‘p

Buyuk Britaniya bosh vazirligi uchun saylovda mamlakat tashqi ishlar vaziri Liz Trassning imkoniyati raqibi Rishi Sunakdan ancha yaxshiroq ko‘rinmoqda.

YouGov tadqiqot kompaniyasining Times gazetasi uchun o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan darak bermoqda.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Trass uchun konservatorlarning 60 foizi ovoz berishga tayyorligini bildirgan. 26 foiz konservatorlar esa uning raqibi, mamlakatning sobiq moliya vaziri Rishi Sunak uchun ovoz beramiz, degan, 13 foiz saylovchilar esa hali bir qarorga kelmaganini ma’lum qilgan.

Partiya a’zolarining esa 69 foizi Trassga, 31 foizi Sunakka ovoz berish niyatida.

So‘rovlar 29 iyuldan 2 avgustgacha Konservativ partiyasining 1 ming 43 nafar a’zosi orasida o‘tkazilgan.

Buyuk Britaniyada 20 iyul kuni Konservativ partiyasidan ko‘rsatilgan parlament a’zolarining partiya yetakchisini saylash bo‘yicha ovoz berishning beshinchi davrasi bo‘lib o‘tdi. Partiya yetakchisi o‘z-o‘zidan mamlakat bosh vazir lavozimini ham egallaydi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, saylov poygasi finaliga tashqi ishlar vaziri Liz Trass va sobiq moliya vaziri Rishi Sunak chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!