«Liverpul» Angliya chempioniga aylansa, futbolchilarga mukofot puli beriladi

«Liverpul» Angliya chempioniga aylansa, futbolchilarga mukofot puli beriladi

«Liverpul» klubi Angliya chempionligini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, futbolchilar moddiy rag‘batlantiriladi.

Premyer Liganing ushbu mavsumida o‘ynagan har bir futbolchi mukofot puliga ega bo‘ladi. Klub buning uchun 4 million funt miqdorida pul ajratadi.

Futbolchilar APLdagi o‘yinlari soniga qarab o‘z ulushini oladi. Asosiy tarkib o‘yinchilari taxminan 150 ming funtga ega bo‘ladi. Shuningdek, jamoa ustozi Yurgen Klopp ham bonus puli beriladi.

«Liverpul» musobaqa 25-turidan keyin eng yaqin ta’qibchisini 22 ochkoga ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!