Livan mamlakat tarixidagi eng katta migrasiya to‘lqinini boshdan kechirmoqda
Livan Bosh vaziri Najib Mikatining aytishicha, Isroilning davom etayotgan havo hujumlari tufayli uy-joyini tark etganlar soni bir millionga yaqinlashgan. Uning aytishicha, Livan mamlakat tarixidagi eng katta migrasiya to‘lqinini boshdan kechirmoqda.
Mikati poytaxt Bayrutda uyushtirilgan matbuot anjumanida Livanning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 1701-sonli rezolyusiyasiga sodiqligini qayd etdi.
Livan armiyasining ham BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-sonli rezolyusiyasini amalga oshirishga tayyor ekanligini ta’kidlagan bosh vazir, bu davr mobaynida o‘z mamlakatiga kelayotgan xayr-ehsonlarni tezkorlik bilan yetkazish uchun harakat qilinganligini qo‘shimcha qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hujumlari natijasida uy-joyini tashlab ketgan 118 ming kishi 778 ta vaqtinchalik joylashtirish markaziga joylashtirilgan, ko‘chirilganlarning haqiqiy soni ancha ko‘p va millionga yetishi ham mumkin”.
Mikati, Isroilning shiddatli bombardimonlari tufayli o‘lkaning janubiy shaharlari, Bekaa viloyati va Bayrutning Dahiya tumanidan bir necha soat ichida to‘satdan ko‘chishning katta taranglik yuzaga kelganini ta’kidladi.
«Mamlakat ichida migrasiya qilganlar soni bir millionga yetishi mumkin. Boshqacha aytganda, Livan tarixidagi eng katta migrasiya to‘lqini natijasida bir necha kun ichida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan millionlab odam bor», — dedi Livan bosh vaziri.