“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreyaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreyaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Kecha, 20 aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.

Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o‘tkazildi.

Fizika fanidan olimpiada natijalari:

  • Shirin Baratov — Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 1-o‘rin;
  • Saidjon Xamroqulov — Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 2-o‘rin;
  • Orifxon Vaqqosov — Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi.

Biologiya fanidan olimpiada natijalari:

  • Abdimannon Rashidov — Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 1-o‘rin;
  • Sadoqat Qo‘chqorova — Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
  • Albina Aliyeva — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Informatika fanidan olimpiada natijalari:

  • Shoxrux Sadullayev — Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 1-o‘rin;
  • Davron Avlakulov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
  • Askar Aldebayev — Ellikqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
  • Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

    Qolaversa, “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!