La Ligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

La Ligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

La Liga o‘zining rasmiy saytida "Real Madrid" vingeri Vinisius Junior mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilganini e’lon qildi.

Mart oyida 23 yoshli braziliyalik 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Los-blankos" futbolchisining sovrin uchun raqobatchilari “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski, “Real Sosyedad” yarim himoyachisi Bris Mendes, “Vilyarreal” hujumchisi Aleksandr Serlot va “Atletik” futbolchisi Gorka Goroseta edi.

Umuman olganda, Vinisius joriy mavsumda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!