KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada o‘nta qo‘riqlash punktini portlatib yubordi

KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada o‘nta qo‘riqlash punktini portlatib yubordi

Shimoliy Koreya hukumati mintaqadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha Koreyalararo bitim doirasida Janubiy Koreya bilan chegaradagi qurolsizlantirilgan hududda o‘nta qo‘riqlash punktini yo‘q qilib tashladi. Bu haqda «Ryonxap» Janubiy Koreya mudofaa mahkamasiga asosan xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, KXDR Janubiy Koreyani xabardor qilganidan so‘ng, qo‘riqlash punktlarini portlatib yuborgan.

Shuningdek, xabar qilinishicha, tomonlar «tarixiy qadriyat»ga ega bo‘lgan bittadan qo‘riqlash postini saqlab qolish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Janubiy Koreya harbiylari o‘z tomonidan o‘nta qo‘riqlash punktini portlatishga va’da qildi. Kutilishicha, ular buni keyinroq qilishadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!