Kutilmagan qaror! Yaponiya bosh vaziri iste’foga chiqmoqchi

Kutilmagan qaror! Yaponiya bosh vaziri iste’foga chiqmoqchi

Bosh vazir Sindzo Abe sog‘ligi tufayli iste’foga chiqmoqchi deb xabar qilmoqda Yaponiyaning NHK telekanali.

Bir necha kun oldin Abe Tokiodagi shifoxonaga tashhis uchun murojaat qilgan va 24 avgust kuni u tashhis natijalarini bilish uchun shifoxonaga yana bir marotaba borgan.

Sindzo Abeda surunkali yazvali kolit kasali bor. Bu yo‘g‘on ichak shilliq qatlamining yallig‘lanishi bo‘lib, 2006 yilda iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan edi.

2012 yilda Abening sog‘ligi yaxshilanib u yana bosh vazir lavozimiga saylangan edi. 24 avgust kuni uning ushbu lavozimda ishlash muddati 2799 kunni tashkil qilib Yaponiya premyer-ministri lavozimida eng uzoq ishlagan kishi sifatida rekord o‘rnatgan edi. 

Telekanal xabarigi ko‘ra, dushanba kuni Abe o‘zining so‘runkali kasali yana og‘irlashganidan xabar topgan va iste’foga chiqishga qaror qilgan. Bosh vazir aytishiga qaraganda "uning sog‘liq muammolari siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’sir qilmasligi uchun". Ushbu kasallik davomida bemor tez-tez kuchli og‘riqlar his qilishi mumkin. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!