Kursk viloyatida qancha rus taslim bo‘ldi?

Kursk viloyatida qancha rus taslim bo‘ldi?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yuzlab rossiyalik askarlarning taslim bo‘lgani va ularga insoniy munosabatda bo‘lganini e’lon qildi. Shuningdek, u Ukraina qo‘shinlari Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi 74 ta aholi punktini nazorat qilishini ma’lum qildi.

«Bosh shtab boshlig‘ining ma’lum qilishicha, bizning qo‘shinlarimiz Kursk viloyatidagi 74 ta aholi punktini nazorat qilmoqda. Yuzlab rossiyalik askar allaqachon taslim bo‘lgan va ularning barchasiga insoniy munosabatda bo‘ladi», — dedi Zelenskiy.

Ukraina Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Zelenskiyga Ukraina Qurolli kuchlari guruhlari Kursk viloyatida harbiy amaliyotlarni davom ettirayotgani haqida ma’lum qildi. Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari hozirda 1000 kvadrat metrga yaqin maydonni nazorat qilmoqda.

Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumi boshlanganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda taslim bo‘lgan o‘nlab rossiyalik askarlarning videolari e’lon qilindi. Ular orasida Checheniston maxsus kuchlari «Axmat» jangarilari aks etgan videolar ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!