"Ko‘pdan beri biznikiga bormadingiz". Qodirov Putinni Chechenistonga taklif qildi

"Ko‘pdan beri biznikiga bormadingiz". Qodirov Putinni Chechenistonga taklif qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan respublikaga tashrif buyurishni so‘radi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, Qodirov Rossiya Federasiyasi hududlarida jamoat transporti parkini yangilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Putin “respublikani tiklagan”.

“Ammo siz biz bilan uzoq vaqt bo‘lmadingiz, shuning uchun ular [oqsoqollar] meni so‘kishdi, Don", dedi Qodirov.

Putin Qodirovga minnatdorchilik bildirib, “respublikada qilingan barcha ishlar iqtidorli, mehnatkash chechen xalqi qo‘li bilan amalga oshirilganini” aytdi. Biroq u Checheniston rahbarining taklifini qabul qiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob bermadi.

Putin oxirgi marta 2011-yilda Chechenistonda bo‘lgan edi. Keyin u Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri lavozimida ishlagan.

2019-yil avgust oyida Qodirov Putin bilan uchrashuvda oqsoqollar unga nega Prezident shuncha vaqtdan beri mintaqada bo‘lmagani haqidagi savollar bilan “hujum qila boshlaganini” aytdi.

“Men sizlar tarafga anchadan beri bormadim, bormoqchiman va albatta boraman”, deb javob berdi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!