Ko‘p qavatli uylardan birida dahshatli yong‘in: 3 kishi o‘ldi, 27 kishi jarohatlandi

Ko‘p qavatli uylardan birida dahshatli yong‘in: 3 kishi o‘ldi, 27 kishi jarohatlandi

Parijning 11-okrugidagi domlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada 3 kishi o‘ldi, 27 kishi jarohatlandi, deb yozadi "France Info" radiosi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 1970-1980 yillarda qurilgan 6 qavatli uyning birinchi qavatida shanba kuni soat ertalabki 5 da boshlangan. Yong‘in joyiga yetib kelgan qutqaruv xizmati rahbari Florian Luantyerning aytishicha, olovni o‘chirish uchun bir necha soat vaqt ketgan, ammo baxtsiz hodisa katta zarar keltirgan.

Jabrlanganlar ayni damda shifokorlar nazoratida, ulardan birining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Hozirda yong‘in sababolari o‘rganilyapti. Xabarlarga ko‘ra, yong‘in yo‘lakda boshlangan, keyin esa yuqori qavatlarni qamrab olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!