Kulgi ko‘zgusi!..

Kulgi ko‘zgusi!..

— D-d-d-d-d-o‘xtir! M-m-m-m-men d-d-d-duqlanayapman!

— Q-q-q-q-qani… B-b-b-b-beshgacha s-s-s-s-s-sang-chi!..

 

* * *

 

Qiz otasiga dedi:

— Dada, men hech qachon turmushga chiqmayman. Bir umr sizlar bilan yashab qolaman.

— Yo‘q, odamni bunaqangi gaplar bilan qo‘rqitaverma!

 

* * *

 

Futbolni jonidan ortiq ko‘radigan bir qariya kuni bitganini yaqin do‘stiga aytgandi, u shoshib qoldi.

— Menga qara, mabodo jannatga tushib qolsang, so‘rab ko‘r-chi, u tomonlardayam futbol jamoalari bormikan. Bo‘lsa, darrov tushimga kirib menga aytasan!

Qariya ertasi kuni o‘libdi-yu, bir kun o‘tib do‘stining tushiga kiribdi.

— Oshna, jannatda ham haqiqatan futbol jamoalari bor ekan. Ertaga o‘yin bor. Seniyam asosiy tarkibga tirkab qo‘ydim.

 

* * *

 

Nervopatolog bemorga asabni tinchlantiradigan dori beryapti.

— Qani, dorini yuting! Tezroq yuting! Yut dedim, yaramas!!!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!